«Real» yarimhimoyaçisi Eden Azar 23-raqamni tanlaşga qaror qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Naşrga ma'lum bölişiça, belgiyalik vingerning bu raqamni tanlaşi zamirida uning basketbolga bölgan qiziqişi yotibdi. NBA afsonasi Maykl Jordan ham aynan 23-raqamda öynagan, basketbolning hozirgi yulduzlaridan LeBron Jyeyms ham şu raqamli futbolkani tanlagan.
«Real»da 23-raqam Serxio Regilonga tegişli edi, u ötgan hafta «Sevilya»ga ijaraga berilgan. Azarning Belgiya milliy jamoasi va sobiq klubi «Çelsi»dagi raqami 10 esa «Santyago Bernabeu»da Luka Modriçga tegişli.
Qayd etiş joiz, Luka Madridga kelganida u 7-raqamni olişi mumkinligi ham taxmin qilingandi. Ammo hujumçi Mariano Dias klubning 25 futbolçidan iborat asosiy jamoasi tarkibiga kirişni jiddiy maqsad qilgani bois bu raqamidan voz keçişni istamagani aytilmoqda.
Ma'lumot uçun, «blankos»ning yaqin tarixida 23-raqam Devid Bekhem, Mesut Özil va Isko kabi futbolçilarga tegişli bölib kelgan. Ular orasidan hozir ham jamoada öynayotgan Isko raqamini 22ga özgartirgan, bu - uning sobiq jamoasi «Malaga»dagi raqami.












