World Economic Forum rasmiy saytida 2030 yilgaça erişilişi lozim bölgan 17 ta Barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM)ning törtinçisi, ya'ni sifatli ta'limga erişiş uçun kiçik yoşdagi bolalarni öqitişdan tortib, kattalarning savodxonligigaça bölgan holatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
2030 yilda örta maktabni bitiradigan avlod endigina maktab ostonasiga qadam qöymoqda. Biroq zamonaviy tendensiyalardan kelib çiqib şuni aytiş mumkinki, 2030 yilda har oltinçi bola avvalgidek maktabga bormaydi. 10 nafar yoşlardan faqat 6 nafarigina örta ta'limga ega böladi.
Bu haftada yetakçilar yuqori darajadagi Siyosiy forum – Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2030 yilgaça bölgan davri uçun barqaror rivojlaniş sohasidagi kun tartibining şarhi uçun rasmiy platformada 2015 yildan beri ilk marta ta'lim sohasidagi rivojlanişni baholadilar.
Agar hozirgi tendensiyalar saqlanadigan bölsa, 2030 yilga kelib, barça qizlar va öğil bolalar bepul, adolatli va sifatli ta'lim oliş istiqboliga putur yetişi juda real. YuNeSKO Statistika instituti tomonidan e'lon qilingan yangi tadqiqotlar çiqarilmoqda. Hisobotda 4 BRM sohasidagi ta'limda – kiçik yoşdagi bolalarni öqitişdan tortib, kattalarning savodxonligigaça bölgan barça maqsadlarning holati tasvirlanoqda. Maqsad - joriy rivojlaniş va kamçiliklarni namoyiş etişdan iborat. 2030 yilga kelib ta'lim sohasidagi majburiyatlarimizni bajarişni istasak, quyidagi 10 ta holatni hisobga oliş zarur:
1. Bugun 6 yoşdan 17 yoşgaça bölgan aholining 20 foizi – 262 million nafarga yaqin bola, ösmir va yoş maktabga bormaydi. Agar joriy tendensiyalar saqlanib qolsa, 2030 yilga kelib körsatkiç biroz, ya'ni 16,7 foizga qisqaradi (225 million nafar ana şu yoşdagilar). Bundan taşqari, köplab yillar davomida taraqqiyot turğun ravişda qoldi, ayniqsa boşlanğiç ta'lim sohasida.

(Kuzatilgan holat. Prognoz.
Maktabdan taşqari (%)
Yuqori daromad
Örtaça daromad
Dunyo Past daromad )
2. Bolalarni maktabga jalb etişning özi yetarli emas. Maqsad barça bolalar maktabni bitirişlaridan iborat. Agar joriy tendensiya saqlanadigan bölsa, 2030 yilga kelib, boşlanğiç maktablarni bitiriş 93 foiz, kiçik sinflarda – 85 foiz, katta sinflarda esa 60 foizni taşkil etadi. Bu körsatkiçlar daromadi past mamlakatlarda sezilarli darajada pasayadi, u yerda 2030 yilga kelib bor-yöği 79 foiz bola boşlanğiç maktabni, 53 foizi esa kiçik örta maktabni, 26 foizi esa örta maktabni tugatadi.
















