Bugun, 15 iyul kuni Toşkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan taşqari Konferensiyasi bölib ötdi.

Tribuna.uz muxbiri xabar berişiça, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. 

U 2018 yil yanvaridan buyon rasman ÖFA rahbari lavozimini egallab kelgan Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov örnini egalladi. U endi bir vaqtning özida ham DXX, ham ÖFAga rahbarlik qiladi.

Konferensiyada ÖFA prezidentidan taşqari vitse-prezidentlar va taşkilot Ijroiya qömitasi a'zolari ham saylandi.

Unga köra, taniqli hakam Ravşan Ermatov va Içki işlar vazirining Jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari Muhiddin Jörayev vitse-prezident lavozimlarini egallagani tasdiqlandi. Ular 14 iyun kuni ÖFAning navbatdan taşqari yiğilişida vaqtinça vitse-prezident etib saylangan edi.

Ma'lumot uçun, Abdusalom Azizov avval ham futbol federatsiyasida işlagan, u 2008-2009 yillarda Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari bölganida Özbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti edi.

General-leytenant Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov 2019 yilning fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati raisi hisoblanadi. 

Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toşkent şahrida tuğilgan. 2005-2006 yillarda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği, 2006-2006 yillarda «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillarda «Özneftmahsulot» aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillarda Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillarda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, 2017 yil yanvaridan 2017 yil sentyabrigaça Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, 2017 yil sentyabridan 2019 yil yanvarigaça Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bölgan.