Navbatdagi afğonlararo uçraşuv uç-tört haftadan söng Samarqandda bölib ötadi. Bu haqda yakşanba kuni 1TV telekanali yaqinda Dohada bölib ötgan afğonlararo konferensiya iştirokçilariga tayangan holda xabar berdi.
Qatar poytaxtida 7-8 iyul kunlari Qatar va Germaniya tomonidan taşkil etilgan Uçinçi afğonlararo konferensiya bölib ötdi. Unda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy ofisi delegatsiyasi hamda afğon siyosatçilari iştirok etdi. Uçraşuvda Afğoniston hukumati vakillari ham qatnaşgan. Anjuman yakunlari böyiça qöşma bayonot qabul qilindi.
Bundan oldin, Kobul va «Tolibon» örtasida töğridan-töğri muloqot örnatilişi bilan Özbekistonda navbatdagi muzokaralar bölib ötişi mumkin ekani xabar qilingandi. Bu haqda GFRning Afğoniston va Pokiston böyiça maxsus vakili Markus Potsel afğon jurnalistlariga ma'lumot bergan.
«Tinçlik örnatiş böyiça jarayon Afğoniston xalqi rahbarligida amalga oşirilişi lozim». Özbekistonning Dohadagi konferensiya yuzasidan bayonoti











