Qozoğistonning eng yirik şahri Olmaota elektr ta'minotisiz qoldi, deb xabar berdi "Interfaks".

Guvohlarning sözlariga köra, şaharning deyarli barça rayonlarida elektr öçgan.

Köçalarda svetoforlar işlamayapti, şu bois yirik çorrahalarda yöl politsiyasi xodimlari transport harakatini tartibga solmoqda.

Keyingi kunlarda Olmaotada harorat 35 darajani taşkil etmoqda.

Şaharda 1,8 mlndan ortiq kişi yaşaydi.