Jamiyat | 09:30 / 15.07.2019
11183
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Maxsustrans» mashinasi yonib ketdi

12 iyul kuni soat 16:20da Toshkent shahar YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani “Jo‘rabek” mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:26 da bartaraf etilgan. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida Olmazor tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli “MAXSUS TRANS” avtomobili kabinasi va kuzovi oralig‘ida joylashgan yo‘l qoplamasini tozalash agregatining motor qismi yonib zararlangan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid