Toşketdagi Xalqaro şaxmat akademiyasida şaxmat böyiça erkaklar örtasida Özbekiston çempionati Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi.

 Uşbu musobaqada yurtimizning bugungi kundagi eng kuçli 13 şaxmatçisi iştirok etdi, musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi , Özbekiston şaxmat federatsiyasi va qator homiy taşkilotlar tomonidan taşkillaştirildi.

 Bu safargi birinçilikda Marat Jumayev, Sayidali Yuldaşev kabi tajribali şaxmat ustalari bilan birga sönggi vaqtlarda yuksak natijalar körsatayotgan Nodirbek Abdusattorov, Şamsiddin Vohidov , Abdumalik Abdusalimov kabi yoş iqtidorlar ham dona surdilar.

Musobaqa 13 kun davom etdi va murosasiz kuraşlar bilan ötdi.

Turnir yakuniga köra, 10 oçko töplagan Javohir Sindarov birinçi örinni egalladi va şaxmat böyiça tarixda eng yoş Özbekiston çempioni böldi.

Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Şohsupaning ikkinçi va uçinçi örinlarini 8.5 oçkodan töplagan ikki Nodirbek- N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovlar egallaşdi.

 Şu tariqa, Özbekiston şaxmat böyiça Oliy liga şohsupasining hammasini yoş, umidli şaxmatçilar egalladilar.