2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada huquqiy demokratiyani ağdarib, harbiylar xuntasini amalga oşirişga uriniş bölib ötdi. Turkiya hukumati tarqatgan xabarlarga köra, bunda muxolifatçi Fethulloh Gulenning qöli bor.
15 iyul voqeasi qanday boşlandi?
Bundan uç yil avval, xuddi şu kunda Turkiya xalqi qonli davlat töntarişiga urinişlarga guvoh böldi. Barçasi Turkiya armiyasi va huquq-tartibot organlari xizmatida bölgan harbiylarning mamlakatning strategik obektlariga hujum qilişidan boşlandi. Ularning asosiy maqsadi amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyip Erdöğanni hukumatdan çetlaştirib, töntarişni amalga oşiriş edi.

Turkiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlagan Ahmet Başar Şenning Kun.uz'ga bergan intervyusida, Turkiyaning qiruvçi harbiy havo kemalari öşa tunda özlarining Parlament binosiga öt oçganini sözlab bergan.
«Harbiy qömondon Hulusi Akar esa öğirlab ketildi. Voqealar rivoji şunday avj oldiki, Turkiya öz 95 yillik tarixida törtinçi marta harbiy inqilobni boşdan keçirayotgandi», — deydi u.
Ammo, şu paytda bir kutilmagan yoxud favqulodda hodisa yuz berdi. Voqealar tafsiloti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, tinç aholi vakillari oşxona buyumlari bilan qurollanib, köçalarga çiqdi. Xuntaga qarşi çiqqan xalq Anatöliya maydoniga yiğila boşladi. Erdöğanning ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda xalqqa murojaat qilişi, ideologik birdamlik sabab köçalar omma bilan tölib toşdi.

Noharbiy fuqarolar va sodiq politsiya, armiya xizmatçilari kuçlarini birlaştirdi. Manbalarga köra, öşa keçada 240dan ortiq kişi vafot etdi, yana 2194 nafar şaxs tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizildi.
Töntariş ortida kim turgandi?
Uşbu xuntada Kamolçilar harakati yaqqol sezilmaydi. 1946 yili Turkiyada taşkil etilgan köp partiyaviylik demokratik boşqaruv usuli joriy etilişi bilan, Turkiya qurolli kuçlari va boşqa tuzilmalar Mustafo Kamol Otaturkning mafkuraviy himoyaçilariga aylandi. Dunyoviy Turkiyani rivojlantiriş yölida harbiylar boşçiligida hokimiyat ayollarning römol öraşiga ham qarşi edi. Manfaatidan çetda qolgan partiyalarga nisbatan turli ta'sirçan çoralar körildi. Ammo, ularning barçasi tarixda qoldi.













