Hukumatning Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqidagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, 8-10 ta fuqarolarning özini özi boşqariş organiga 1 xodim hisobidan tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarining malakali mutaxassislari biriktiriladi.

Ilgari tuman moliya organlari mutaxassislaridan xodim biriktirilgan.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvçining yaşaş joyi (doimiy yoki asosan yaşab turgan joyi) böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan tayinlanadi.

Ilgari faqat doimiy yaşaş joyi (doimiy propiska) böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan tayinlangan.

Nafaqa va moddiy yordam tayinlaş uçun örtaça oylik jami daromadni hisoblab çiqişda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olinganidan oxirgi 12 oyda oilaviy tadbirkorlikni amalga oşirişda olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi.