Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nefrit ko‘llari O‘zbekistonning qo‘riqlanuvchi tabiiy obektlari ro‘yxatiga kiritilishi kutilmoqda
16 iyul kuni O‘zbekistonning Ekologiya partiyasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar ahvolini baholash uchun O‘ring‘ochga ekspertlar guruhini yo‘lladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning xabar berishicha, hozirda Ekologiya partiyasi tomonidan Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar himoyasi, shuningdek bu hududlarni O‘zbekistonning ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e'tirof etishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga doir ishlar olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Nefrit ko‘llarini ifloslanishdan himoyalash va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026