16 iyul kuni Rostov-Don şahrida Özbekiston Respublikasining Boş konsulxonasi oçilişi marosimi ötkazildi.

Tantanali marosimda Rostov oblasti gubernatori Vasiliy Golubev, Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadov va boşqa rasmiy şaxslar iştirok etdi.

Mazkur Boş konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Şimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi kiradi.

Rostov-na-Don şahridagi Boş konsulxona Özbekistonning Rossiyadagi oltinçi konsullik muassasasi böldi – avvalroq Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok va Qozon şaharlarida konsulxonalar oçilgandi.