Xalq ta'limi vazirligi Namangan viloyati, Çust şahridagi 9-sonli umumta'lim maktabi öqituvçilarini majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlarni örganmoqda.

«Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib ötilgan holatlarni örganib çiqadi va Özbekiston Respublikasi qonunçiligi doirasida uşbu holatga yöl qöyganlarga çora köradi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarorining 16-bandiga köra xalq ta'limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş qat'iyan taqiqlangan.

Mazkur bandga köra, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini çeklaş holatlarini öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan muntazam ravişda nazorat tadbirlarini ötkaziş hamda aybdor şaxslarning javobgarlikka tortişni ta'minlaş topşirilgan.

Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi bu kabi holatlarni oldini oliş va xalq ta'limi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qiliş maqsadida şikoyatlarni qabul qilişda qulay bölgan virtual inspektorni işga tuşirgan. Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli tölovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborişlari mumkin», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Çust şahri markazidagi 9-sonli umumta'lim maktabi öqituvçilari ta'til vaqtida maktabdagi quriliş işlarida işlatilayotgani haqida maqola e'lon qilingandi.

Şundan keyin Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Çustdagi öqituvçilar masalasini öz nazoratiga olgani xabar qilindi.