«Real» jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan klub yozgi transferlar vaqtida «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogbani safiga qöşib ololmasligini tan oldi.

Madridliklar bir neça hafta mobaynida uşbu futbolçini qölga kiritişga harakat qilib kelişdi, ammo muvaffaqiyatga erişa olişmadi.

Mankunianliklar uşbu futbolçisi uçun 200 million yevrolik narx belgilaşgan, yozgi transferlar çoğida 6 nafar futbolçini xarid qilib ulgurgan ispanlar esa endi bu narxga futbolçi sotib olişolmaydi.

Ötgan mavsumda Pogba Angliya çempionatida 35 uçraşuv ötkazib, 13 gol urgan. U şuningdek, Çempionlar ligasi doirasidagi 9 öyinda 2 golga mualliflik qilgan.

Bundan avvalroq, uşbu havbekka «Real»dan taşqari «Yuventus» tomonidan ham jiddiy qiziqiş mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.