«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga jamoat transportlari oynalarini qoraytiriş töğrisidagi petitsiya joylandi.

«Hammamizga ma'lumki, yurtimiz quyoşli ölka. Bu holat, ayniqsa, yoz mavsumida harorat 40 darajadan oşgan vaqtlarda avtobuslardagi konditsionerlarning sovutiş funksiyasi işlamay qolganda juda seziladi. Tasavvur qiling, odam köp, kun issiq, havo dim, bu yoqdan esa yana jazirama quyoş tik tuşib turadi. Bu esa jamoat transportidagi odamlarning salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi. Köngil aynişi, xuşsizlaniş kabi holatlarga sabab böladi. Bundan taşqari, ba'zida tiğiz vaqtda avtobusda ötiriş uçun böş joy bölsa ham odamlar quyoş sabab öşa böş joylarga ötirmaydi. Bu esa ortiqça tiqilinçni yuzaga keltiradi. Hamma avtobuslarga konditsioner qöyiş yoki ularni yangilarga almaştiriş esa köp mablağ va vaqt talab qiladi», deyiladi unda.

Petitsiyada qayd etilişiça, amaldagi Yöl harakati qoidalarining 74-bandida «Barça transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yoruğlik ötkazişi kamida 70 foizni taşkil etişi kerak»ligi belgilangan. Şu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda, petitsiya muallifi jamoat transportlari, xususan, avtobus va boşqa yönalişli transport vositalari oynalarining yoruğlik ötkazişini kamida 50 yoki 60 foizgaça söndirişni taklif qilmoqda. 

Avvalroq Özbekiston «Adolat» SDP fraksiyasi a'zolari avtomobil oynalarini qoraytiriş masalasi böyiça öz takliflarini işlab çiqqani xabar qilingandi.