Bugun jamiyatimizda sodir bölayotgan ayrim voqealarni ijtimoiy tarmoqlar orqali körib, odamlarimiz kundan-kunga bağritoş bölib borayotgandek tasavvur uyğonadi.

Deyarli kunora çiqayotgan birovga tan jarohati yetkaziş, öldirib qöyiş bilan boğliq voqealarga aksariyat hollarda spirtli içimlik ta'sirida aqlini yöqotiş, özini boşqara olmaslik sabab bölyapti. Lekin, aqli-huşi joyida, soppa-soğ fuqarolarimiz tomonidan ham boşqalarni “öziça sudlaş” va jazolaş voqealari tez tez sodir bölyaptiki, bu hammamiz uçun juda açinarli holat. 

“Öziça sudlaş” nima va nimasi bilan xavfli?

“Öziça sudlaş” – bu huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etişda gumon qilingan şaxs haqida tegişli davlat organiga xabar qilmasdan, uni özboşimçalik bilan qonunga xilof ravişda jazolaşdir.

“Öziça sudlaş” degan illatning yaqqol misoli sifatida, yaqinda, Toşkentning Qöyliq bozorida birovning avtomobilini oçayotgan şaxslarni, Samarqand viloyatida fermer xöjaligi mol-mulkini öğirlaşda gumon qilingan şaxslarni, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida bemorning ölimida gumon qilingan şifokorlarning özboşimçalik bilan jazolanganini körsatiş mumkin.

Öziça sudlaş jamiyat uçun katta xavf tuğdiradigan holat. Nimasi bilan deysizmi? Asosiy xavflarni sanab ötamiz, demak:

- birinçidan, “öziça sudlaş” oqibatida jazolangan şaxs aslida aybsiz bölişi yoki aybdor-u, lekin jazo adolatli bölmasligi, ya'ni arzimagan qilmiş uçun juda jiddiy jazo berib yuborilişi mumkin. Çunki, öziça sudlaş köpinça tösatdan aniqlangan holatlar böyiça va holat sodir bölgan joyning özida, köpçilikning his-hayajonini jilovlaş imkoni mavjud bölmagan şaroitlarda sodir etiladi. “Öziça sudlaş” paytida jazolayotgan şaxslar jazo adolatli bölişi kerakligini öylab ötirmaydi, odatda kuçi yetganiça jazolab yuboraveradi;

- ikkinçidan, “öziça sudlaş”ni amalga oşirayotganlarning özlarini soğligi va hayoti xavf ostida qolişi mumkin. Agar uşlangan şaxs rostdan ham jinoyati bölsa va özi bilan piçoq yoki biror sovuq qurol olgan bölsa, jazolamoqçi bölganlarning soğligiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin;

- uçinçidan, öziça sudlaş bu şunçaki tartibsizlik va madaniyatsizlik bölib, özini hurmat qilgan har qanday davlatda Hukumat bunday holatlarga qarşi keskin kuraşadi. Çunki, har qanday tartibsizlik mamlakatni rivojlanişiga tösqinlik qiladi, obrösiga salbiy ta'sir körsatadi, va vaqtida töxtatilmasa xaos, ya'ni boşboşdoqlikka olib kelişi heç gap emas.