Ayni paytda firibgarlikni öziga kasb qilib olgan ayrim yurtdoşlarimiz “Içki işlar xodimi” degan şarafli nomni bulğayotgan holatlar ham oz bölsa-da, böy körsatib qolyapti, deb yozadi jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudining sudyasi Feruza Siddiqova Adolat gazetasida.

31 yoşli J.A. nafaqat özi istiqomat qilgan “Qaşqar” mahallasida, balki Marğilon şahrida ham allaqaçon otning qaşqasidek tanilib ulgurgan. Negaki, dastlab 24 yoşida, ya'ni 2012 yilda firibgarligi uçun sudlangan bu yigit ötgan 7 yil mobaynida 8 marotaba aynan ana şu jinoyati tufayli sudning qora kursisiga ötirişning “uddasidan çiqdi”. Lekin J.ning söqir közi şunda ham oçilmadi. 
 
Oqibatda u töqqizinçi bor firibgarlikka qöl urdi.
 
Gap şundaki, qonunga binoan xavfli retsidivist deb topilgan J. 2018 yil aprel oyida milliy şirinliklar va turli pişiriqlar bilan savdo qiluvçi tanişi N.M.ning uy sotib oliş niyatida yurganidan xabar topib qoldi. Xabar topdi-yu, darhol ayolni avraşga kirişdi. Aniqroği, u şaharning Qöqon köçasida joylaşgan köp qavatli uylardagi xonadonlardan biri öziga tegişli ekanini aytib, N.M.ni aldadi. N.ni işontiriş uçun telefonida bir xonalik uyning rasmini körsatdi. Soddadil ayol uning gapiga laqqa tuşib, uy sotib oliş uçun yiğib qöygan 5 000 AQŞ dollari (42 206 800 söm) miqdoridagi pulini unga sanab berdi. Ammo J.A. bu pullarni öz ehtiyojiga işlatib yubordi-yu, xaridor ayolga heç qanday uyni rasmiylaştirib bermadi.
 
Şundan keyin J. talonçilikka qöl urdi. Ya'ni Asaka şahrida yurgan paytida kirakaş maşinalardan biriga qöl kötarib töxtatdi. Söng haydovçi Ğ.Q.ga özini IIB xodimi S. deb taniştirib, Farğona şahridagi 10-sonli tergov hibsxonasiga olib borib kelişini iltimos qildi. Belgilangan manzilga yetişganda esa Ğ.ning yolğiz ekanligidan foydalanib, unga piçoq öqtaldi. Keyin zörlik işlatib hamda uni qörqitib, avtomaşina yukxonasidagi 800 000 söm pul va avtomaşina texnik pasporti, şuningdek, Ğ.Q.ning akasi F.Q.ning haydovçilik guvohnomasi va ogohlantiriş talonlarini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qoçib ketdi.
 
Bundan taşqari, J.A. 2018 yil 18 dekabr kuni Namangan şahrida yaşovçi fuqaro Z.M.ni ham “öziga xos” usulda çuv tuşirdi. Ya'ni öşa kuni soat 14:30 larda J. Namangandagi “Sardoba” bozori yaqinida Zokir bilan uçraşdi.
 
— Ismim A., “gorotdel”da işlayman. Iltimos, Marğilonga olib borib qöysangiz. Xizmat haqingizni beraman, — dedi muloyim muomala qilib.