«Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi faoliyati tubdan takomillaştiriladi
|14:24 / 20.07.201910 9947 min
Foto: mahallakengashi.uzFoto: mahallakengashi.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi töğrisida nizom;
Fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolarini xizmat kiyimi bilan ta'minlaş tartibi tasdiqlanadi.
Belgilab qöyilişiça, fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolarining xizmat kiyimlarini tayyorlaş va yetkazib beriş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan teng miqdorda moliyalaştiriladi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasiga yoşlarni jalb etişning ta'sirçan çoralarini köradilar.
Fuqarolar yiğinining «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi töğrisidagi nizomga köra, jamoatçilik tuzilmasi şaharça, qişloq, ovul, şuningdek şahar, şaharça, qişloq, ovullardagi mahalla fuqarolar yiğinida tinçlik, osoyiştalik, xavfsizlikni ta'minlaş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarda ogohlik va faollikni oşiriş, huquq-tartibotni mustahkamlaşda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, içki işlar hamda boşqa davlat organlariga kömaklaşiş maqsadida barça fuqarolar yiğinlarida taşkil etiladi.
Jamoatçilik tuzilmasi faoliyati ixtiyoriylik, oşkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, qonuniylik, jamoatçilik yöli bilan özaro yordam körsatiş tamoyillari asosida taşkil etiladi.
Jamoatçilik tuzilmasi a'zolari öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşiradilar.
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari Jamoatçilik tuzilmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni özaro hamkorlikda amalga oşiradilar.
Mavzuga oid
Jamoatçilik tuzilmasi içki işlar organlari tayanç punktining profilaktika (katta) inspektori, uning jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi, fuqarolar yiğini raisi, boşqa davlat organlari va jamoatçilik taşkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:
tegişli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar ogohligini oşiriş, tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş;
fuqarolar yiğinida ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, bu borada aholi örtasida profilaktik tarğibot tadbirlarini ötkaziş;
fuqarolarda, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoşlarda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, fuqarolar yiğinlarida huquqiy tarğibot işlarini tizimli amalga oşiriş;
voyaga yetmaganlar hamda yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiliş ruhida tarbiyalaş, ongi va qalbida mustaqillik ğoyalariga sodiqlik, milliy özlikni anglaş, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoiylik hissini qaror toptiriş va rivojlantiriş, turli mafkuraviy tahdidlardan asraşga qaratilgan tadbirlarni ötkazişda iştirok etiş;
içki işlar organlari hisobida turuvçi voyaga yetmagan hamda yoşlar bilan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni taşkillaştiriş va ötkazişda iştirok etiş;
mamlakatimizda qaror topgan tinçlik, osoyiştalik va barqarorlik natijasida aholi farovonligi ta'minlanayotganligi, bu borada özining faol iştiroki bilan munosib hissa qöşiş har bir fuqaroning vatanparvarlik va fuqarolik burçi ekanligini tuşuntiriş;
fuqarolar yiğini hududidagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça qabul qilingan qonun hujjatlari talablari, umumdavlat hamda hududiy dasturlarda belgilangan çora-tadbirlar ijrosini ta'minlaş va uşbu jarayonda keng jamoatçilik kömagini şakllantiriş işlarini taşkil etiş va amalga oşiriş;
fuqarolar tomonidan pasport tizimi, sanitariya, ekologiya, yonğin va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi, elektrenergiya, tabiiy gaz va içimlik suvidan foydalanganlik uçun tölovlarning öz vaqtida tölanişi yuzasidan amalga oşirilayotgan tadbirlarda iştirok etiş;
içkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qöyganlarni, notinç oilalarni, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatuvçi yoki ular tarbiyasi bilan şuğullanmaydigan ota-onalarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar sodir etişga undovçi şaxslarni, yoşlar ongini zaharlab, ularni diniy ekstremistik ğoyalar ta'siriga oliş maqsadida bunday taşkilotlarga a'zo bölişga da'vat etuvçi, noqonuniy tarğibot va taşviqot işlari olib boruvçi, ösmirlarga qonunga xilof ravişda diniy ta'lim beruvçi, mamlakat xavfsizligiga qarşi axborotlarni tarqatuvçi şaxslar yuzasidan ma'lumotlar töplaş hamda ularga tegişli qonuniy çoralar köriş uçun profilaktika inspektoriga uşbu ma'lumotlarni taqdim qiliş, uşbu sohada profilaktik-tarbiyaviy işlarni jadallaştiriş;
muqaddam sudlangan va jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy moslaştirişda qatnaşiş;
jismoniy şaxslarning huquqbuzarlik jabrlanuvçisiga aylanişi xavfini kamaytirişga doir çora-tadbirlarni amalga oşirişda iştirok etiş;
uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketgan hamda uzoq muddat davomida xorijiy davlatda bölib, Özbekiston Respublikasiga qaytgan fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş, iş bilan ta'minlaş, ta'lim muassasalariga qaytariş maqsadida hisobini yuritişda qatnaşiş;
tabiiy ofatlar, ommaviy tartibbuzarliklar va boşqa favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlaş, favqulodda vaziyat xavfi tuğilganda aholini öz vaqtida xabardor qiliş, aholi örtasida bunday vaziyatlarda töğri harakat qilişni tarğib etiş va uşbu holatlarni bartaraf etişda kömaklaşiş;
iş faoliyatida asosan tungi vaqtlarda hududlardagi jamoat joylari, mahalla köçalari, qarovsiz joylarda navbatçilik asosida jamoatçilik nazoratini olib boriş.
Jamoatçilik tuzilmasi fuqarolar yiğini kengaşi tomonidan fuqarolar yiğini raisining taqdimnomasiga asosan profilaktika inspektorining yordamçisi bilan kelişgan holda Jamoatçilik tuzilmasiga yuklangan vazifalarni bajarişga ixtiyoriy ravişda yordam beriş istagini bildirgan fuqarolardan iborat tarkibda şakllantiriladi.
Jamoatçilik tuzilmasining a'zolari soni fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi aholi sonidan kelib çiqqan holda quyidagi tartibda şakllantiriladi:
aholi soni 2000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 4 nafar;
aholi soni 2000 — 4000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 6 nafar;
aholi soni 4000 — 6000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 8 nafar;
aholi soni 6000 — 8000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 10 nafar;
aholi soni 8000 — 10000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 12 nafar;
aholi soni 10000 — 12000 nafargaça bölgan fuqarolar yiğinida — 14 nafar;
aholi soni 12000 nafardan yuqori bölgan fuqarolar yiğinida — 18 nafar.
Aholi gavjum böladigan jamoat joylari (bozor, xiyobon, istirohat boği va h.k.) mavjud yoki kriminogen vaziyat oğir bölgan fuqarolar yiğinlarida Jamoatçilik tuzilmasining a'zolari soni ikki nafarga köpaytirilişi mumkin. Bunda, Jamoatçilik tuzilmasi a'zolarining umumiy soni 18 nafardan oşmasligi lozim.