Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga 33,5 mln kişini taşkil etib, 2019 yil boşidan 268,1 ming kişiga yoki 0,8 %ga ösdi. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, şahar aholisi soni 16,9 mln kişini (jami aholi sonidagi uluşi 50,5 %), qişloq aholisi soni 16,5 mln kişini (49,5 %) taşkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar şuni körsatmoqdaki, 2019 yil 1 iyul holatiga eng köp aholi soni Samarqand viloyati (respublika aholisi sonidagi uluşi 11%), Farğona viloyati (11,1%), Qaşqadaryo viloyati (9,7%) va Andijon viloyatida (9,2%) qayd etilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2019 yil 1 iyul holatiga aholi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar, 59,3 foizi mehnatga layoqatli yoşdagilar va 10,2 foizi kattalar hissasiga töğri kelmoqda.