Hukumat qarori bilan Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning Toşkent viloyatidagi filiali taşkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, baliqçilik tarmoği ehtiyojlarini qondiriş uçun işlab çiqariş va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etişga qodir bölgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Filial Boş muassasa tomonidan ta'sis etiladi va kadrlarga bölgan talabdan kelib çiqib asosiy bakalavriat ta'lim yönalişlari (magistratura mutaxassisliklari) böyiça mutaxassislar, jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oşiradi.
2019/2020 öquv yilida Toşkent davlat agrar universiteti Boş muassasa bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça kunduzgi şaklda tölov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlaşni davom ettiradi.
Filialning ta'lim faoliyati 2020/2021 öquv yilidan boşlanadi.
Filialda quyidagi bakalavriat ta'lim yönalişlari (magistratura mutaxassisliklari) böyiça kadrlar tayyorlanadi:
Suv bioresurslari va akvakultura;
Ekologiya va tabiatdan foydalaniş;
Baliq mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaş texnologiyasi;
Baliqçilik xöjaligi iqtisodiyoti.
Filial bitiruvçilariga Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va uşbu diplom Özbekistonda oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida e'tirof etiladi.
2020 yil 1 avgustgaça Filial malakali professor-öqituvçilar tarkibi bilan tanlov asosida töldirilişi ta'minlanadi.













