Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 15 iyulda uzluksiz professional ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş masalasiga bağişlab ötkazilgan majlisda bergan topşiriğiga köra, respublikada mavjud 1469 ta kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, natijada 2019-2020 öquv yilida maktab öquvçilari uçun qöşimça 224 mingdan ortiq öquvçi örinlari yaratiladi.
Kollejlarni maktablarga aylantirişni samarali taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi boş vazirining topşiriği bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining raisi, viloyatlar hokimlari va Toşkent şahar hokimi boşçiligida respublikaning har bir hududida işçi guruhlar tuzilgan.
Işçi guruhlariga:
kasb-hunar kollejlarining bino va inşootlarini tegişli hududi, mebel va öquv-laboratoriya jihozlari, sport inventarlari bilan birgalikda xalq ta'limi tizimi tasarrufiga ötkaziş böyiça belgilangan tartibda topşiriş - qabul qiliş işlarini amalga oşiriş;
ta'lim tizimidan boşqa sohalarga berilgan kasb-hunar kollejlarining mebel, öquv-laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarini inventarizatsiya qiliş va yaroqli deb topilganlarini umumta'lim maktablari balansiga ötkaziş;
2019 yil 10 avgustga qadar xalq ta'limi tizimiga ötkazilgan kasb-hunar kollejlari binolaridan samarali foydalaniş, navbatlilik koeffitsiyenti 2 va undan yuqori bölgan maktablarga qöşimça bino sifatida beriş hamda ehtiyoj mavjud bölgan hududlarda yangi maktablar sifatida qayta taşkil etiş çoralarini köriş;
xalq ta'limi tizimi tasarrufiga ötkazilgan ta'lim muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş vazifalari yuklangan.
Topşirilgan vazifani öz vaqtida va sifatli bajarilişini taşkil etiş maqsadida Xalq ta'limi vazirligida ştab va hududiy işçi guruhlari ham tuzilgan.
Xalq ta'limi vazirligi bino va inşootlardan samarali foydalanişni taşkil etiş, ta'lim muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş, öquvçilarni yangi maktablar va öquv binolariga ötkaziş jarayonida umumta'lim maktablarining Kuzatuv kengaşlari va jamoatçilikning faol iştirok etişiga işonadi, deyiladi xabarda.












