Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga doir Farmoniga muvofiq bugun, 22 iyul kuni Boş vazir Abdulla Aripov Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 60 nafar tadbirkorni videokonferens-aloqa vositasi orqali qabul qildi.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, tadbirkorlar öz faoliyatida duç kelayotgan ayrim muammoli masalalar yuzasidan Boş vazirga murojaat qilgan.

Xususan, tibbiy şprits, infuzion sistema işlab çiqariş uçun tegişli ruxsatnoma oliş, qizilmiya va boşqa dorivor ösimliklarni yetiştiriş hamda sanoat usulida qayta işlaşga kredit mablağini jalb etiş, qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qiliş, «Yoşlar kelajagimiz» davlat dasturiga asosan imtiyozli kredit mablağini oliş singari qator masalalar körib çiqildi.