Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, Agentlik faoliyatini muvofiqlaştiriş, unga umumiy rahbarlik qiliş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va Agentlik xodimlarining malakasini oşirişni taşkil etiş Adliya vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.
Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaş, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boşqa intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qiliş hisoblanadi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan adliya vaziri örinbosari – direktor rahbarlik qiladi.
Intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilişning eng muhim masalalari böyiça muammolarni ilmiy tahlil qiliş, tavsiyalarni körib çiqiş va işlab çiqiş uçun Agentlikda yuqori malakali xodimlar, yetakçi olim va mutaxassislardan iborat ilmiy-texnik kengaş taşkil etiladi.
Agentlik xodimlari maqomi, tibbiy xizmat körsatiş, mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlariga köra tegişli ravişda Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglaştiriladi.












