Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida pnevmatik töpponça qöllagan “Captiva” rusumidagi avtomobil haydovçisi qölga olindi. Bu haqda OAV xabar berdi.
Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, 20 iyulda Ğijduvon tumanida “Captiva”ning 30 yoşli haydovçisi mast holatda maşina boşqargan. U şu kuni tuman markaziga kelib, “Kaktus” kafesi yonida “Matiz” haydovçisi bilan tortişa boşlagan. Dahanaki jangdan keyin “Captiva” haydovçisi pnevmatik töpponça çiqarib, “Matiz”ning yon oynasiga öq uzib, uni sindirgan.
Keyinroq qoidabuzar haydovçi uşlangan va unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Endi u 300 soatdan 360 soatgaça jamoat işlari yoki bir yildan 3 yilgaça ozodligi çeklanişi yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliniş bilan jazolanişi mumkin.












