Asus kompaniyasi öyinlarga möljallangan ROG Phone II smartfonini işlab çiqardi. Uşbu smartfon dunyodagi eng unumdor smartfon böldi, deb xabar berdi The Verge naşri.

Smartfon 6,59 dyuymli va 2340 ga 1080 nuqtaga ega AMOLED-ekranga ega bölib, uning korpusida geympadlarda tepki sifatida işlovçi AirTriggers qöşimça tugmalari, quloqçinlar uçun raz'yom va 4 ta mikrofon joylaşgan.

Smartfon Snapdragon 855 Plus protsessori, 12 Gb tezkor va 512 Gb içki xotira bilan jihozlangan. Qurilma, şuningdek, PUBG Mobile öyinini 7 soat uzluksiz öynaşga yetadigan 6 ming milliamper-soatli akkumulyator olgan. Smartfon uçun kulerga ega AeroActive Cooler II sovitiş tizimi, geympad va qöşimça akkumulyatorga ega dok-stansiya taqdim qilingan. Sovitiş tizimini smartfonning orqa qopqoğiga örnatiş mumkin.  

Smartfon qaçon sotuvga çiqarilişi 23 iyulda Xitoyning Tencent kompaniyasi taqdimotida ma'lum qilinadi. Şu bilan birga, qurilma sentyabrda 900 dollardan sotila boşlanişi taxmin qilinmoqda.