Chilonzor tuman ma'muriy sudi binosida sudya Abdulla Muhiddinov raisligida Diyor Biznes kompaniyasi rahbari Shuhrat Qayumov da'vosi ko‘rib chiqildi. Tadbirkor sudda yutqazdi.

«Molochnaya kuxnya» brendi ostida sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyati Respublika DSENM rahbarining talabi bilan aprelda to‘xtatib qo‘yilgandi. Mutasaddi organ ushbu qarorni turli vajlar bilan asoslagan, xususan korxona joylashgan hududga yaqin joyda hayvon jasadi tashlangan o‘ra va xavfli mikrobiologik, bakteriologik va immunobiologik dorilar qoldig‘i topilgani haqida ma'lumot keltirilgan. Shuhrat Qayumov ushbu vajlar asossizligini aytdi va DSENM rahbarining qarorini bekor qilishni so‘rab, sudga murojaat qilgan.

Sudda o‘z manfaatini himoya qilinmaganini iddao qilayotgan tadbirkor Shuhrat Qayumovning aytishicha, sud qarori ustida yuqori instansiyaga shikoyat qilinadi.

«Sud qaroridan batamom noroziman. Sud ishini olib borish obektiv boshlangan, sudya barcha keltirilgan vajlarni diqqat bilan tinglagan bo‘lsa-da, hududda hayvon qabristoni yo‘qligi haqida kadastr hujjatlari taqdim etilganiga qaramay, mazkur ishda bu vajlar asosiy nuqtani qo‘ya olmadi. Sud qarorida biz keltirgan vaj va hujjatlar qayd etilmagan.

Tekshiruv kelgan payti barcha instansiya va mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgandik. Bizga haligacha biron javob kelmadi», — deydi tadbirkor Qayumov.

Shuhrat Qayumov

Respublika DSENM bosh vrachi Bahrom Almatov ziddiyatli vaziyatda Kun.uz muxbiriga quyidagi fikrini bildirgandi:

«Toshkent vaksina va zardoblar ishlab chiqarish ilmiy tekshirish institutida laboratoriya hayvonlari qabristoni borligini yaqinda bildik. O‘sha qabristonning mavjudligi ertaga o‘sha korxonada («Molochnaya kuxnya» nazarda tutilmoqda — tahr.) ishlayotgan xodimlar sog‘lig‘i hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga ta'sir qilishi mumkinligi nuqtai nazaridan shunday xulosaga kelganmiz» .

Kun.uz muxbirining qabriston mavjudligi ta'kidlanayotgan hududga kirgani, u ochiq va to‘siqlarsiz maydon ekani aytilib, bu inson hayotiga qanchalik xavf yetishi so‘ralganda, Almatov quyidagi javobni bergandi: