18 iyul kuni bölib ötgan Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi yiğilişida bir qator qonun loyihalari bilan birgalikda “Haydovçi va yölovçilar uçun qulayliklar yaratişning dolzarb masalalari va deputatlik taşabbusi” haqidagi masala ham körib çiqildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi, Içki işlar vazirligi, Özstandart agentligidan mas'ullar iştirok etgan yiğilişda deputatlar tomonidan haydovçining soğliği, uning quyoşning ultrabinafşa nurlaridan himoyalanişi hamma narsadan muhim ekanligi ta'kidlandi. Fraksiyada şu kabi bir qator masalalar kötarildi.

Birinçidan, sönggi paytlarda haydovçilar, keng jamoatçilikda yöl harakati qoidalariga oid bir neçta e'tirozlar paydo bölmoqda. Jumladan, “tonirovka” uçun ruxsatnoma olişning juda qimmatligi; özi şundoq ham issiq va deyarli tuman kuzatilmaydigan bir şaroitda maşina faralarini kunduzi yoqib yuriş talabi (keyinçalik özgartirildi va muddati qoldirildi) va şu kabi masalalar şular jumlasidandir.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur normalar jamoatçilikning fikrini örganmasdan, keng muhokama qilinmasdan qabul qilinişi natijasida ijtimoiy tarmoqlarda ham noroziliklarga sabab böldi. Bundan körinadiki, xalqimiz uçun qabul qilinayotgan hujjatlar xalq vakillari tomonidan qabul qilinişi lozim. Bundan taşqari Prezidentimiz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yillik yiğilişida ham “qonunosti hujjatlarini qabul qiliş amaliyotidan voz keçiş va töğridan-töğri qöllanadigan qonunlar qabul qiliş vaqti keldi” deya ta'kidlagan edi. Şu munosabat bilan, Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari qonunosti hujjatlarini ayniqsa keng aholimizga oid hujjatlarni (“Yöl harakati qoidalari”) faqatgina töğridan-töğri qonunlar orqali xalq va uning vakillari tomonidan qabul qilinişi lozimligini qayd etişdi.

Ikkinçidan, “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijtimoiy adolatsizlik va diskriminatsiya hisoblanadi. Sababi, transport vositalari haydovçilari, şu jumladan respublika hududiga taşrif buyuradigan turistlar uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida qabul qilingan qarordan ötgan bir yil vaqt davomida faqatgina 1000 ga yaqin avtomobil egalarigina foydalandi. Mamlakatimizda 2 500 000 dan ortiq avtomobil mavjudligini hisobga oladigan bölsak, atigi 0,04 % haydovçilar bu imkoniyatdan foydalanibdi xolos. Şumi xalqimizga qulay şaroit yaratiş maqsadida qabul qilingan qaror natijasi va qamrov darajasi? 18 245 700 sömni tölaşga qurbi yetmagan 99,96% haydovçilarga kim şaroit yaratadi? Uşbu raqamlar va ijtimoiy tarmoqlardagi köplab fikr-mulohazalardan ayon böladiki, mazkur qaror közlangan maqsadga xizmat qilmadi va öz vazifasini bajara olmadi. Şundan kelib çiqqan holda, partiya fraksiyasi vakillari mazkur qarordagi tölov miqdorini aholining real daromadlaridan kelib çiqqan holda sezilarli ravişda pasaytirişni taklif etdi.