2019 yilning birinçi çoragida Özbekiston bozorida LADA Uzbekistan kompaniyasi firma avtomobillarining 3088 donasini sotişga ulgurdi.
Yanvardan iyun oyigaça bölgan davrda Özbekiston hududida rasmiy LADA Uzbekistan dilerlarida respublika böyiça quyidagi modellar sotilgan:
- Vesta – 1664 ta avtomobil;
- XRay – 556 ta avtomobil;
- Largus – 405 ta avtomobil;
- LADA 4x4 – 308 ta avtomobil;
- Granta – 155 ta avtomobil.
Ta'kidlanişiça, 2018 yil davomida Özbekiston hududida umumiy hisobda 3015 dona avtomobil sotilgan.
LADA Uzbekistanning boş direktori Daniyar Davletiyarov uşbu voqelikni izohlar ekan, quyidagilarni qöşimça qildi:
«LADA avtomobillari öz örnini mustahkamlagan holda özbekistonlik avtoişqibozlarning işonçini qozonişda davom etayotganidan xursandmiz.
Biz modellar qatorini kengaytirişda davom etgan holda yangi butlovçi qismlarning sotuvini joriy etamiz va xaridorlarimiz mamnunligiga erişamiz, degan umiddamiz. Buning ustiga respublika böyiça dilerlik tarmoğini kengaytirişga alohida e'tibor qaratamiz. Sönggi oylarda dilerlik markazlari sonini sezilarli darajada oşirdik. Bu esa uzoq viloyatlardagi xaridorlarga LADAning mavjud dolzarb modellaridagi istalgan avtomobillarini xarid qiliş, balki qöşimça önlab iş örinlarini yaratişga imkon berdi”. Buning barobarida savdoning ijobiy dinamikasi soliq imtiyozlarining ortişiga olib keldi – masalan, ilk yarim yildayoq ROODELL MÇJ 64 milliard sömdan ortiq soliq tölagan.
Ma'lumot uçun:
ROODELL MÇJ – LADA avtomobillarining Özbekistondagi rasmiy importçisi sanaladi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududida LADA avtomobillarining bir qator modellari, jumladan, tijoriy va maxsus transportlar töliq taqdim etilgan. Joriy yilning ilk yarim yilida kompaniyaning dilerlik tarmoği respublika böyiça 20 ta dilerlik markazigaça ösdi.
LADA avtomobillarining Özbekistonda taqdim etilgan rusumlari bilan LADA.UZ rasmiy sayti hamda +99871 215-02-30 raqamlari orqali tanişişingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida

















