Bahs 25-oktabr kuni IFCB kengaşi aʼzosi, islom moliyasi böyiça auditor va maslahatçi Mahmud Usmonning videomurojaatidan boşlandi. U kengaş IMAN Invest bilan hamkorlikni töliq töxtatganini va şu kungaça kompaniya faoliyatining halolligi böyiça yakuniy xulosa bermaganini maʼlum qildi.

IFCB şarʼiy auditorlik taşkiloti bölib, 2023-yil 1-mayda tuzilgan şartnoma asosida IMAN Invest’ga xizmat körsatgan.

Mahmud Usmonning aytişiça, 2026-yil iyulida kengaşga şubhali tranzaksiyalarni körsatuvçi hujjatlar kelib tuşgan. Ammo, 2 yildan ortiq hamkorlikka qaramay, bu tranzaksiyalar kengaşga tasdiqlaş uçun taqdim etilmagan. Şundan söng moliyaçilar, huquqşunos va şarʼiy auditordan iborat taftiş komissiyasi uç yarim oy tekşiruv ötkazgan.

Kengaş xulosasiga köra, IMAN Invest rahbariyati işonib topşirilgan pullarni Islom moliyasi mezonlari, içki hujjatlar va qonunçilikka zid ravişda tasarruf etgan. Rahbarlar esa bu holatlarning köpini tan olib, tuşuntiriş xati yozib bergan. Mahmud Usmonning aytişiça, xalqaro toifadagi moliyaçilar va huquqşunoslar kompaniya «barça savdodagi qaytariş imkoni bor pullarni olib, investorlarga qaytarsa ham, bir neça million dollar pulni qaytarişga ayni paytda qodir bölmaydigan holga kelib qolgani»ni aniqlagan.

Şuningdek, bayonotda investorlar pulini qimmatbaho avtomobil va xonadon sotib olişga, boşqaruvçi idora xarajatlari, oyliklar, tadbir va marketingga sarflaş mumkin emasligi keltirilgan.

“IMAN Invest faoliyatini islom moliyasiga muvofiq emas, deb hisoblaydi. Kengaş fikriça, qoidabuzarliklar töliq bartaraf etilmagunça, investorlarga yetkazilgan zarar qoplanib, ular bilan şartnoma yangilanmagunça kompaniyaga mablağ kiritiş şariat nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi” degan Mahmud Usmon.

Mahmud Usmon kompaniya faoliyatini halol deb hisoblaydigan ulamo va mutaxassislarga uçta savol bilan murojaat qilgan:

  1. Kompaniyaning sönggi hujjatlariga köra, uning faoliyatida ğarar (noaniqlik), ribo (sudxörlik) va pullarni notöğri tasarruf etiş holatlari bormi?