Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça savdo vakolatxonasi yordamçisi Kristofer Uilson boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, uçraşuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasida savdo va investitsiyalar böyiça hadli bitimga (TIFA) muvofiq ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek elektron savdo böyiça özaro munosabatlarni yanada kengaytiriş, intellektual mulk huquqlarini ta'minlaş va mehnatga doir qonun hujjatlarini qöllaş böyiça xalqaro amaliyotni örganiş masalalari muhokama etildi.
Delegatsiya a'zolari Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST) ga qöşiliş jarayonini faollaştirganiga yuqori baho berdi. AQŞ tomonidan Özbekistonga TIFA Kengaşining joriy yil kuzda Vaşingtonda bölib ötadigan navbatdagi majlisida iştirok etiş taklif etildi, deyiladi xabarda.












