«Tottenhem Hotspur» «Yuventus» hujumçisi Paulo Dibala uçun katta pul tölaşga tayyor.
Daily Mail manbasi ma'lumotiga köra, klublar örtasidagi muzokaralar bir oy muqaddam boşlangandi. «Şporlar» prezidenti Deniel Levi jamoa boş murabbiyi Maurisio Poçettinoni qöllab-quvvatlaş maqsadida klubga kuçli hujumçi olib kelmoqçi. Transfer qiymati 80 mln funtga (90 mln yevro atrofida) baholanmoqda. Agar uşbu transfer amalga oşsa, Dibala londonliklar klubi tarixidagi eng qimmatbaho futbolçiga aylanadi. Ayni vaqtda bu maqom biroz avvalroq «Lion»dan xarid qilingan Tangi Ndombelega tegişli bölib turibdi.
Bundan avvalroq, uşbu 25 yoşli argentinalik futbolçiga «Mançester Yunayted» va «Pari Sen-Jyermen» klublari da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Calciomercato naşri xabariga köra, inglizlar klubi Pol Pogba va Romelu Lukaku transferi bilan boğliq vaziyat oydinlaşişini kutmoqda va bu futbolçilardan biri klubni tark etişi aniq bölsa, Dibala transferi böyiça amaliy harakatlar boşlamoqçi.
«PSJ» esa asosiy hujumçisi Neymar klubni tark etgudek bölsa, 25 yoşli argentinalik futbolçi xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Fransuzlar klubi sport direktori Leonardo «PSJ» tomonidan Dibalaga qiziqiş mavjudligini tasdiqladi.
Dibala ötgan mavsumda turinliklar klubining barça turnirlar doirasidagi 42 uçraşuvida maydonga tuşib, jami 10 gol urgan va 6 golga uzatma bergan. Futbolçining «Yuventus» bilan şartnomasi muddati 2022 yil yoziga qadar tuzilgan. Turinliklar klubiga u 2015 yilda «Palermo»dan 40 mln yevro evaziga ötgandi. Forvardning transferlar bozoridagi qiymati bugungi kunda 85 mln yevroga teng.












