13:19 / 05.08.2019
13868

Dibala «MYu»ga yakuniy javobini aytdi

Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.

La Gazzetta dello Sport'ning yozishicha, futbolchi o‘z agentiga «MYu»ga o‘tishni istamayotganini aytgan. U ertadan boshlab Turin klubi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Dibalani Romelu Lukakuga almashtirishni rejalashtirayotgan edi.

Sky Spors`ning xabar berishicha, «Yunayted» belgiyalik hujumchisini sotish bo‘yicha boshqa klublar bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi.

Paulo o‘tgan mavsumda klubining 42ta o‘yinida qatnashib, 10ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Top