«Yuventus» sobiq futbolçisi Paulo Dibala «Roma» bilan şartnoma imzolaşi kutilmoqda. Bu yozning eng kutilmagan transferi bölişi mumkin. Rossiyaning «Sport-Ekspress» naşri Dibalaning «Roma»ga ötişi bilan boğliq voqealarni jamladi.

Paulo Dibalaning «Roma»ga ötişi hozirça yozning eng kutilmagan transferlaridan biri bölib turibdi. 28 yoşli argentinalik «Yuventus» bilan yangi şartnoma borasida kelişa olmay, Turinni erkin agent sifatida tark etgandi. Öz davrining eng iqtidorli futbolçilaridan birining «Inter»ga ötişiga heç kim şubha qilmayotgandi. Çunki, bir paytlar Pauloni «Palermo»dan «Yuventus»ga olib kelgan va hozirda «neradzurri» boş direktori bölgan Beppe Marotta tezda futbolçining özi va uning atrofidagilar bilan kelişib oladigandek tuyulgandi.

«Dibala «Inter» bilan muzokara ötkazdi», «Dibala «Inter» bilan şaxsiy şartnoma şartlarini kelişib oldi», «Inter» Dibalaning transferini keyingi haftada e’lon qiladi» kabi sarlavhalar vaqti-vaqti bilan paydo bölib turdi. Ammo haftalar ötsaki, heç narsa özgarmadi.

Argentinalik futbolçi ismi-şarifi yonida boşqa jamoalarning ham nomlari paydo böla boşladi – «Atletiko», «Mançester Yunayted», «Çelsi», «Arsenal», «Nyukasl». Ammo bular köproq uydirma va taxminlarga öxşar edi.

Oxir-oqibat, iyul oyi boşida nufuzli insayder Fabritsio Romano sönggi haftalarda «Inter» va Dibala muzokaralarda heç qanday muvaffaqiyatga erişmaganini yozdi.

«Dibala – erkin agent. U transfer variantlarimizdan biri edi va şunday bölib turibdi. Ammo hujum çiziğimizda allaqaçon ajoyib öyinçilar töplangan», dedi Marotta. Uning bu şamasi yanada şaffofroq böldi.

Oqibatda «Inter» öyindan çiqdi. Buning sabablaridan biri sifatida futbolçining agenti Xorxe Antun tomonidan haddan taşqari yuqori talablar qöyilgani körsatildi.

Iyul oyi örtalarida esa Dibalaning jiddiy da’vogarlari orasida faqat «Napoli» va «Roma» qoldi. Insayder Janluka di Marsioning sözlariga köra, ikki klub ham Dibalaga aniq taklif bilan çiqqan. Ammo rimliklarning qat’iyati yuqoriroq bölgan.

Dibalani hatto Totti ham köndirişga urindi