Angliya: «Çelsi»da yana mağlubiyat, «Arsenal» hamon ideal körinişda

Sauthempton — Çelsi 2:1
Gollar: Lavia (25), Armstrong (45+1) — Sterling (23). 
Sauthempton – Bazunu, Uoker-Piters, Salisu, Bella-Koçap, Perro (Jyenepo, 73), Elyunussi, Uord-Prouz, Diallo, Lavia (Aribo, 60), Armstrong (Voynoviç, 86), Adams. 
Çelsi – Mendi, Aspilikueta (Broya, 66), Tiago Silva, Kulibali, Kukurelya, Jorjino (Çiluell, 67), Loftus-Çik (Kovaçiç, 46), Maunt, Ziyoş, Haverts (Pulişiç, 66), Sterling.

Sterling «Çelsi» tarkibidagi eng yorqin figura bölmoqda. Dam oliş kunlarida uning dubli bir soatdan ortiq vaqt davomida bir kişi kam bölib öynagan köklar jamoasiga öyinni yutiş imkonini bergandi. Seşanba kuni esa Sterling öyin boşidan «Sauthempton» mudofaasini tahlika ostida uşlab turdi, u birinçi imkoniyatda jamoadoşiga pas uzatmay, vaziyatni yöqqa çiqardi. U ikkinçi imkoniyatni ham qöldan çiqarayotgandi, ammo tirişqoqligi unga qaytgan töpga aniq zarba berib hisobni oçişini ta’minladi.

Ammo uç kun oldin öz uyida «MYu»ga yutqazib qöygan «avliyolar» jamoasida top-klubga javob qaytariş uçun kuç topildi. Öyinda hisobni yangi mavsum kaşfiyotlaridan biri bölib turgan futbolçi oçdi. Yozda «Mançester Siti»dan 12 million yevro evaziga transfer qilingan 18 yoşli belgiyalik Lavia tajribali jamoadoşlari bilan raqobatda ustun kelmoqda va startdagi beş öyinni ham ilk daqiqalardan boşladi, bu safar esa 2004 yilda tuğilgan futbolçilar orasida APLda gol urgan ilk futbolçiga aylandi.

Buni tasodif deb hisoblaş ham mumkin edi, ammo «Sauthempton» aksi ekanini körsatdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Angliya çempionatida bir yarim yildan oşiq vaqt davomida gol urmagan Adam Armstrong mezbonlarni oldinga boşladi, tanaffusdan keyin faqat Kukurelyaning fidokorligi mehmonlarni uçinçi goldan qutqardi va öyin oxirigaça intrigani saqlab qoldi.

Ammo kerakli darajadagi klassik markaziy forvard yöqligi jamoalarning hujumkor faolligini susaytirdi. Tomas Tuxelda bunday futbolçi bölganida, u darvozabon hududida turib boş bilan aniq zarba bera olmagan Haversdan yaxşiroq harakat qilgan bölardi, nemis futbolçisi bu mavsumda biror gol yoki golli pasni öz hisobiga yozib qöya olmadi. Endi jamoa Obameyang transferidan umid qilişi mumkin, bu futbolçi şu kunlardagi qurolli talonçilikdan keyin «Barselona»dan Angliyaga qaytişdan faqat xursand böladi. Hozirça sönggi uç öyindan ikkitasida mağlub bölgan «Çelsi» yetti oçko bilan turnir jadvalida töqqizinçi poğonada.