2019 yilning yanvar – iyunida Özbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 222 trln sömni taşkil etdi va 2018 yilning yanvar – iyuni bilan taqqoslaganda 5,8 %ga ösdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning yanvar – iyunidagi narxlarga nisbatan 119,6 %ni taşkil etdi.
Aholi jon boşiga hisoblangan YaIM 6,6 mln sömni taşkil etdi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 %ga ösdi.
Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qişloq, örmon va baliq xöjaligining uluşi 27,3 %dan 24,3 %ga kamaydi, sanoatning uluşi 27,1 %dan 30,3 %ga, qurilişning uluşi 7,3 %dan 7,6 %ga ösdi.
Xizmatlar sohasining YaIM (YaQQ) tarkibidagi uluşi 37,8 %ni taşkil etdi va ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,5 f.p.ga kamaydi.
Iqtisodiy ösiş sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan boğliqdir. Iqtisodiyotning barça tarmoqlarida yaratilgan yalpi qöşilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,0 %ini taşkil etdi va 5,8 %ga ösdi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 5,1 f.p.)ni taşkil etdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi uluşi 10,0 %ni taşkil etdi va 5,9 % darajasida ösiş qayd etildi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 0,7 f.p.).
2019 yilning yanvar – iyuni yakunlariga köra, qişloq, örmon va baliq xöjaligida 2,1 % darajasida ijobiy ösiş qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq ösiş sur'atiga ta'siri 0,5 f.p.ni taşkil etdi. Qişloq, örmon va baliq xöjaligida ijobiy ösiş dehqonçilikda 3,2 %ga va çorvaçilikda 1,7 %ga ösiş hisobiga ta'minlandi.
Sanoat tarmoğining qöşilgan qiymatida 6,9 %ga ösiş qayd etildi. Sanoat işlab çiqarişining YaIM mutlaq ösiş sur'atiga ijobiy ta'siri 1,6 f.p. darajasida baholandi. Sanoat tarmoğidagi ijobiy dinamika toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş tarmoği qöşilgan qiymatining 4,7 %ga, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoat tarmoği qöşilgan qiymatining 7,8 %ga va boşqa sanoat tarmoqlarining 4,0 %ga ösişi hisobiga ta'minlandi.
2019 yilning yanvar – iyuni yakunlari böyiça, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoati qöşilgan qiymati tarkibida eng katta uluş metallurgiya va metallni qayta işlaş sanoatiga (maşina va uskunalardan taşqari) töğri keldi va 34,6 %ni taşkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, içimliklar va tamaki mahsulotlarini işlab çiqarişning uluşi 14,5 %, töqimaçilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegişli mahsulotlar işlab çiqariş – 14,4 %, rezina, plastmassa buyumlar va boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqariş – 10,0 %, kimyo mahsulotlari işlab çiqariş – 8,0 %, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boşqa transport uskunalari işlab çiqariş – 5,9 %, elektr uskunalar işlab çiqariş – 2,6 %, koks va neftni qayta işlaş mahsulotlari işlab çiqariş – 2,5 % va işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatining boşqa mahsulotlarini işlab çiqariş – 7,5 %ni taşkil qildi.












