Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 24 iyulidagi qarori bilan Olmaliq şahar hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Öktamjon Dehqonboyeviç Karimov Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi «Olmaliq hayoti» kanali xabar berdi.
Öktamjon Karimov bu lavozimda «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan Umid Salimovning örnini egalladi.
U 2018 yil avgustidan buyon Olmaliq şahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Umidjon Salimov 14 iyul kuni Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari lavozimidan «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgandi.









