7 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi joylaştirildi. Loyiha muhokamasi 22 oktyabrga qadar davom etadi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan işlab çiqilgan. Konsepsiya loyihasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida ikki marta eslab ötilgan.
Hujjatga köra, konsepsiya amalga oşirilişining birinçi bosqiçida (2019-2021 yillar) Özbekistonda YeOII a'zolari va boşqa qator davlatlar bilan erkin savdo kelişuvi imzolanişi hisobiga taşqi savdo hajmi kengayişi kutiladi.
Ikkinçi bosqiçda esa (2022-2025 yillar) mamlakat YeOII va JSTga a'zo bölib kirişi, savdo siyosati va eksport liberallaşuvi, tarifsiz savdo tösiqlarini körib çiqiş va şartnomalarni JST normalariga muvofiqlaştiriş böyiça izçil tadqiqotlar ötkazilişi kutiladi.
Uçinçi bosqiçda esa iqtisodiyotning xomaşyo eksportidan innovatsion rivojlaniş turiga ötilişini, eksportga yönaltirilgan iqtisodiyotning jadal rivojlanişini ta'minlaş közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan haftada Özbekistonga taşrifini amalga oşirgan Rossiya federatsiyasi Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş masalasini körib çiqayotgani töğrisida ma'lumot bergandi.
Keyinroq Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş imkoniyatlarini uç yildan beri örganayotganini ma'lum qildi va şu bilan birgalikda Özbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvçi heç qanday şartnomaga qöl qöymasligini ta'kidladi.












