Bugun, 26 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida Pensiya jamğarmasi tomonidan Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765-son «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bağişlangan matubot anjumani ötkazildi.

Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri «Yuqoridagi farmondan kelib çiqib, respublika böyiça bir oylik pensiya miqdorida qança özgariş böladi, ya'ni bu farmonning raqamlardagi ifodasi qanday?» degan savoliga Pensiya jamğarmasining Mablağlarni boşqariş va hisobini yuritiş boşqarmasi boşliği Nuriddin Şadixodjayev şunday javob berdi: «Aslida budjet parametrlarida pensiyalarni 7 foizga oşiriş közda tutilgandi. Ammo prezident taşabbusi bilan bu körsatkiç 10 foizga oşirildi. 2019 yilning 1 avgustiga qadar har oy pensiyalar uçun 2,1 trln söm mablağ sarflab kelingan. 1 avgustdan boşlab bu summaga yana ön foiz, ya'ni 210 mlrd söm qöşiladi. Bundan taşqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratilgani, jumladan II guruh nogironligi bölgan yolğiz şaxslarning pensiyasiga ustama miqdori hozirgi eng kam iş haqining 50 foizidan 75 foiziga oşirilgani, I guruh nogironlik nafaqasi oluvçi, şu jumladan 16 yoşdan katta bolalikdan I guruh nogironlariga eng kam iş haqining 25 foizi miqdorida, ya'ni 55 750 söm miqdorda oylik qöşimça tölovlar joriy qilingani kabi islohotlar tufayli yil oxiriga qadar yana qöşimça 53 mlrd söm mablağ ajratiladi».
«Pensionerlarning neça nafar plastik kartalardan foydalanadi?» deya söralganida Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori örinbosari Şuhratjon Davronov javob qaytardi: «Pensionerlarning öz pensiyalarini olişda plastik kartalaridan foydalanişlari ixtiyoriy, ya'ni heç kim bunga majburlay olmaydi. Hamma öziga qulay variantni tanlaşi mumkin. Bugungi kunda plastik kartalardan foydalanişdagi qator imkoniyatlar uçun 300 mingdan ortiq pensionerlarimiz öz pensiyalarini plastik karta orqali olişni ma'qul körgan».












