Buxoroda an'anaviy «Qovun sayli» ötkazildi. Mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan, 23-bor taşkillaştirilgan an'anaviy sayil mirişkor dehqonlar, polizkor fermerlar, tomorqa yer egalarining haqiqiy mahorat namoyişiga aylandi.

1996 yildan buyon katta uyuşqoqlik bilan taşkil etib kelinayotgan «Qovun sayli»da «Kökça», «Amiri», «Novvoti», «Börikalla», «Kampirçopon», «Dahbedi», «Şerozi», «Toşloqi», «Gulobi», «Barginay» kabi öttizga yaqin bir-biridan xuşxör nav taqdim etildi.
Bu yilgi sayilda viloyatning barça tumanidan kelgan 235 ta fermer xöjaligi tomonidan tanti dehqonlarimiz mehnati mahsuli — 2125 tonna qovun-tarvuz şaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi. Bundan taşqari, turli meva-sabzavotlar, asalçilik mahsulotlari körgazmasi ham taşkil etildi.

Buxoro şahrining diqqatga sazovor markazi Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar xiyobonida bölib ötgan beş kunlik «Qovun sayli» nafaqat şaharliklar va mehmonlarni, balki çet eldan taşrif buyurgan sayyohlarni ham befarq qoldirmadi.

Bu yilgi «Qovun sayli» çinakam bayram tusini oldi. Unda qatnaşgan har bir tuman uçun alohida maydon, joy hozirlanib, öşa hudud folklor-etnografik ansambllari diltortar kuy-qöşiqlari, konsert repertuari bilan yiğilganlar könglini xuşladi.

Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, sayilda alohida örnak körsatgan dehqon-mirişkorlar rağbatlantirildi. «Eng fidoyi qovunçi dehqon» nominatsiyasida Qoraköl tumanidagi «Jörabobo» fermer xöjaligi rahbari Muhammad Jörayev, «Eng yoş dehqon» nominatsiyasida Jondor tumanidagi «Çinnixonim zamini» fermer xöjaligi rahbari Şermuhammad Rajabov ğolib deb topilib, ikkinçi darajali diplom va zamonaviy muzlatkiç bilan taqdirlandi.
«Eng köp şogird tayyorlagan usta dehqon» nominatsiyasida Vobkent tumanidagi «Xudoyberdi Qodir» fermer xöjaligi rahbari Qodir Xudoyberdiyev, «Eng yaxşi qovun turlarini ekkan fermer» nominatsiyasida Qorovulbozor tumanidan «Nazir Dilşod» fermer xöjaligi rahbari Nodir Vohidov, «Eng köp iş örni taşkil qilgan fermer» nominatsiyasida esa Buxoro tumanidagi «Oybek» fermer xöjaligi rahbari Sanoqul Nabiyev ğolib deb topildi va ularga uçinçi darajali diplom va zamonaviy rangli televizor topşirildi.












