Bugun, 26 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765-son «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bağişlangan brifing ötkazildi.

Berilgan ma'lumotlarga köra, 2019 yil 1 avgustdan pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 1,1 baravarga oşirilişi natijasida 3,5 mln. nafardan ortiq pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvçilarning moddiy ta'minoti yanada yaxşilanadi.

Şuningdek, Farmonda 2019 yil 1 avgustdan boşlab aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratildi. Xususan:

- II guruh nogironligi bölgan şaxslarning nogironlik pensiyasi eng kam miqdorini belgilaşga nisbatan yondaşuv tubdan qayta körib çiqildi. Yangi tartibga muvofiq, II guruh nogironligi bölgan şaxslar pensiyasining eng kam miqdori hozirgi yoşga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oşiriladi. Uşbu özgartiriş qariyb 50 ming nafarga yaqin nogironligi bölgan şaxslarning pensiya miqdori örtaça 145 foizga oşirilişini ta'minlaydi.

- II guruh nogironligi bölgan yolğiz şaxslarning pensiyasiga ustama miqdori hozirgi eng kam iş haqining 50 foizidan 75 foiziga oşirildi. Ya'ni, har oylik pensiyasi miqdoriga yana qöşimça ravişda 55,8 ming söm qöşiladi.

Muxbirning «Özbekistonda işlovçi pensionerlarga pensiyalarini töliq oliş imkoniyati berildi. Şundan söng işga qaytgan pensionerlar soni neça kişini taşkil qildi?» degan savoliga Pensiya jamğarmasining Mablağlarni boşqariş va hisobini yuritiş boşqarmasi boşliği Nuriddin Şadixodjayev şunday javob berdi: «Pensiyaning 50 foizi beriladigan paytda işlovçi pensionerlar soni 100 ming nafarni taşkil qilgan. Joriy yilning iyul oyi holatiga bu körsatkiç 130 ming nafarga yetdi. Xulosa qiliş mumkinki, 30 mingdan ortiq pensionerlarimiz işga qaytganlar yoki işlarini davom ettirganlar».