23:36 / 26.07.2019
20436

Prezidentning Samarqandga tashrifi, propiska masalasida IIVga so‘rov, qirg‘iz-tojik chegarasidagi uchrashuv va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 26 iyul, juma kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 O‘ZBeKISTON XABARLARI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev hududlar rivoji, xalq hayoti bilan yaqindan tanishish, avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

·       Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi

·       Prezident Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilishga ko‘rsatma berdi, aeroportda yangi terminal quriladi

·       Samarqandda turistik markaz quriladi

·       Prezident Samarqandda fermerlar bilan suhbatlashdi

·       Prezident Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

 

Jamiyat

·       Biznes, inson huquqlari va xavfsizlik: O‘zbekistonliklar propiska masalasida o‘z munosabatlarini bildirishdi

·       Kun.uz nashri propiska masalasida Ichki ishlar vazirligiga so‘rov kiritdi

·       Majburiy tibbiy sug‘urta uch bosqichda joriy etiladi

·       Toshkentda doimiy propiskaga kirita oladigan tashkilotlar soni yana oshdi. Huquqshunos hukumatning propiskaga oid qarorlarini savolga tutdi

·       Farg‘onada Smart city barpo etiladi

·       Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan viloyatlar ma'lum bo‘ldi

 

Dolzarb mavzular

·       Toshkent shahar hokimligi tomonidan ta'sis etilgan korxona aqlli gaz hisoblagichlar ishlab chiqaradi

·       Go‘sht narxi 28 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha. Davstatqo‘m bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi

·       DTM rahbari: «Bu yilgi test imtihonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari bo‘lmaydi»

·       Gaz o‘rniga ko‘mir: Energetika vazirligi o‘tish natijalari haqida ma'lumot berdi

·       Pensiya yoshi oshirilishiga oid masalaga oydinlik kiritildi

·       O‘zbekistonda ishlovchi pensionerlar soni 130 ming nafar — Pensiya jamg‘armasi

 

JAHON XABARLARI

·       Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi hodisani birgalikda o‘rganishga chaqirdi

·       Qirg‘izistonga qaytgan Atamboyev: «Putindan kafolat so‘raganim yo‘q, men faqat Allohdan so‘rayman»

·       Yer qa'rida qancha olmos borligini bilasizmi – 1 000 000 000 000 000 tonna

·       Liviya qirg‘oqlarida 150 kishi dengizga g‘arq bo‘ldi – ular Yevropaga yo‘l olgan migrantlar edi

·       AQSh Xitoy bilan savdo urushi tufayli fermerlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirdi

·       Tojikiston fuqarolari o‘zbekistonlik erkaklarni qullikda saqlashda gumonlanmoqda

 

SPORT XABARLARI

·       Shohrux Gadoyev «Bunyodkor»ga o‘tdi

·       Klublararo jahon chempionatining o‘tkazilish sanasi ma'lum bo‘ldi

·       Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi

·       «Arsenal» futbolchilariga qurolli hujum qilishdi. Kolashinats javob qaytardi

Top