Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantiriş maqsadida Samarqand tumanidagi eşkak eşiş kanali böyida turistik markaz qurilişi rejalaştirilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni bu yerga taşrif buyurib, şu boradagi loyiha taklifi bilan tanişdi. Majmua uçun 360 gektar yer ajratilişi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boşqa obektlar qurilişi möljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bölib, barça toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suziş joylari, sun'iy orolçalar, restoranlar taşkil etiladi.

- Samarqandliklar va bu yerga kelgan yurtdoşlarimiz dam oliş uçun qayerga boradi? Hozirça aytarlik bunday joy yöq. Çet ellik sayyohlar ham asosan tarixiy obidalarni köriş va ziyorat uçun keladi. Şu bois dam oliş turizmi uçun ham şaroit yaratiş kerak. Bu maskan ziyorat turizmi bilan hamohang bölişi, xalqimiz, sayyohlar böş vaqtida bu yerga kelib dam olişi zarur. Bu Samarqand iqtisodiyoti uçun yana bir ösiş nuqtasi böladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Samarqandga kelgan sayyohlar soni joriy yilda ötgan yilgiga nisbatan ikki barobar oşgan. Kelgusi ikki yilda bu yerga çet ellik turistlar taşrifini 2, mamlakatimiz böyiça esa 10 millionga yetkaziş möljallangan.












