Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 23 iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 28000 so‘mdan 50000 so‘mgacha (kg) 

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 28000 so‘m kuzatildi. Mol go‘shtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» hamda «Mirobod dehqon bozori» da 50000 so‘m kuzatildi. 

Qo‘y go‘shti 32000 so‘mdan 58000 so‘mgacha (kg) 

Qo‘y go‘shti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» hamda «Mirobod dehqon bozori»da 32000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 58000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kg) 

Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Farg‘ona shaharining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 4000 so‘m kuzatildi. 

Piyoz 500 so‘mdan 3500 so‘mgacha (kg) 

Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 3500 so‘m kuzatildi.

Sabzi 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha (kg)