Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy bilan savdo urushi tufayli fermerlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy bilan savdo urushi tufayli fermerlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirdi, deb yozadi Washington Post.
Nashrning ma'lumot berishicha, o‘tgan yili har bir zarar ko‘rgan fermerga 125 ming dollardan to‘langan, bu yil esa to‘lovlar 250 ming dollargacha oshirilgan. Shu bilan birga, soya, sabzavotlar va cho‘chqa go‘shti yetishtirish bilan shug‘ullangan yuridik shaxslar 500 ming dollargacha olishi mumkinligi qayd etilgan. Nashrning xabariga ko‘ra, fermerlarning yarmi moddiy yordamni avgust oxiriga qadar olishadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida amerikalik fermerlarga yordam tariqasida 16 milliard dollar ajratilishini e'lon qilgandi. Mablag‘lar Xitoy mahsulotlariga kiritiladigan bojlardan olinadi.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25