Sönggi kunlarda Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy propiskaga kiriş masalasida köplab tortişuv va nizolar bölmoqda. Jumladan, bu kabi nizolar sekin-astalik bilan sudlarga köçmoqda. Ya'ni qonunlarda belgilab qöyilgan huquqlari davlat organlari tomonidan asossiz buzilayotganidan norozi bölgan fuqarolar öz huquq va manfaatlarini himoya qilişni sörab, ma'muriy sudlarga murojaat qilmoqda. Ahamiyatli tomoni, ular birin-ketin sudda yutib çiqişmoqda ham. Kun.uz sayti ana şunday sud jarayonlarining ayrimlari haqida avval ham xabar bergan edi.
Mantiqan olganda fuqaro propiska böyiça sudda ğalaba qozondi, degani, içki işlar organlarining noqonuniy harakatlari rasman tasdiqlandi degani. Şu sababli mazkur holatlarga izoh oliş maqsadida Kun.uz naşri rasmiy sörov bilan Içki işlar vazirligiga murojaat qildi.
Sörovning töliq matni bilan quyida tanişişingiz mumkin.
Özbekiston Respublikasi
Içki işlar vaziri P.R.BOBOJONOVga
Hurmatli Pölat Razzoqoviç!
Joriy yilning 24 iyun kuni «Kun.uz» naşrida «Birgalikda uy sotib olgan fuqarolar propiska masalasida sudda yutib çiqdi» sarlavhali xabar e'lon qilindi.
Xabarda uç nafar fuqaro Toşkent şahrida birgalikda umumiy mulk huquqi asosida uy-joy sotib olgani, lekin Yaşnobod tuman IIB FMB M va FRB ularni Röyxatning 1-bandiga muvofiq propiska qilişni asossiz rad etgani, natijada fuqarolar Yaşnobod tuman ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilgani bayon etilgan. Sudning hal qiluv qaroriga binoan, Yaşnobod tuman IIB FMB M va FRB mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari ğayriqonuniy deb topilib, uning zimmasiga şikoyat yöllagan fuqarolarni (3 nafar) tegişli manzil böyiça Röyxatning 1-bandiga muvofiq doimiy propiska qiliş majburiyati yuklangan.
Bundan taşqari, Yaşnobod tuman IIB FMB M va FRBdan fuqarolar foydasiga 202 730 söm (davlat boji uçun tölangan tölov) undirilişi belgilangan.
Şuningdek, joriy yilning 3 iyul kuni saytimizda «Oilali ekanligi uçun propiska rad qilingan fuqaro ham sudda yutib çiqdi» sarlavhali xabar naşr qilindi















