Bugun, 26 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida Pensiya jamğarmasi tomonidan «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi farmon mazmun-mohiyatiga bağişlangan brifing ötkazildi.

Tadbirda taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, şu vaqtga qadar pensiya tayinlaş uçun yetarliça iş stajiga ega bölmagan nafaqa oluvçilarning nafaqa miqdorlariga qöşimçalar umuman belgilanmagan bölib, joriy yilning 1 avgustidan boşlab ilk bor I guruh nogironlik nafaqasi oluvçi, şu jumladan 16 yoşdan katta bolalikdan I guruh nogironlariga jami 23 mingdan ortiq şaxslarga eng kam iş haqining 25 foizi miqdorida, ya'ni 55 750 söm miqdorda oylik qöşimça tölovlar joriy qilinadi.

Boquvçisini yöqotganlik nafaqalari mehnatga layoqatsiz oila a'zolarining soniga nisbatan amaldagi foiz hisobida yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan kelib çiqib hisoblanişi belgilangan. Masalan, hozirgi kunda ikki nafar mehnatga layoqatsiz oila a'zosi uçun har oyda 182,5 ming söm nafaqa olayotgan oila, joriy yil avgustdan boşlab har oyda 327,1 ming söm yoki 144,6 ming sömdan (79,2 foiz) köp nafaqa olişadi. Buning natijasida respublika böyiça 100 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvçilar hamda boquvçisini yöqotgan oilalar moddiy jihatdan qöllab-quvvatlanadi.

Anjumanda jurnalistlar pensiya yoşining oşirilişi oid rejalar böyiça berilgan savolga Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori örinbosari Şuhratjon Davronov javob berdi.

«Hozirgi kunda pensiyaga oid islohotlar böyiça konsepsiya ustida işlanyapti va unda pensiya yoşini oşiriş masalasi kun tartibiga qöyilmagan. Ammo aytişim mumkinki, Özbekiston pensiya yoşi eng past davlatlardan biri hisoblanadi va bu yoş sobiq ittifoqning 1956 yildagi qonunçiligiga köra qabul qilingan. Qiziq jihati, öşa paytlarda aholining örtaça yoşi 47 yoşni taşkil qilgan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.