Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan Butunjahon gepatitga qarşi kuraşiş kuni nişonlanadi va har yili barça tadbirlar maqsadli şiorlar ostida ötkaziladi.
Respublika DSENM matbuot xizmati xabariga köra, JSST 2019 yilda 2ta şior bilan çiqdi:
1. Siyosatçilar uçun
Gepatitning oldini oliş uçun mablağlarni investitsiyalaştiring
- Gepatitga qarşi kuraşni qöllab quvvatlaş uçun milliy va mintaqaviy darajadagi siyosatçilarni siyosiy va moliyaviy holatlarni kuçaytirişga çaqiriş;
- 2030 yilgaça barqaror taraqqiyot Maqsadlari (BTM) va Soğliqni Saqlaş Xizmatlarining Umumiy Qamrovi (SSXUQ)ga JSST tomonidan tayyorlangan gepatitni bartaraf etiş uçun kerakli xarajatlarni yangiça baholanişiga e'tiborni jalb etiş;
- Gepatitni oldini oliş, tekşirtiriş va davolaş xizmatlaridan kengroq foydalanişni aholiga tarğib etiş;
2. Keng jamoatçilik uçun:
Biliş. Oldini oliş. Tekşirtiriş. Davolaş. Bartaraf etiş.
Barça tadbirlar ana şu şiorlar ostida ötkaziladi.
Darhaqiqat, virusli gepatitlar soğliqni saqlaşdagi jiddiy muammolardan sanaladi. Çunki dunyo böyiça 325 million kişi gepatit bilan kasallangan bölib, ulardan 80% tekşirtiriş va davolaniş imkoniyatiga ega emas.
Gepatit virus keltirib çiqaradigan kasallik bölib, nafaqat jigarni zararlaydi, balki butun organizmga zarba beradi. Virusli infeksiyalar juda tez tarqaladi va epidemiologik holatni yuzaga keltirişi mumkin.
Kasallikka qarşi samarali profilaktika çoralari gigiyena qoidalariga rioya etiş va emlaş hisoblanadi.
Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan turli tadbirlarni ötkazişdan asosiy maqsad gepatit kasalligi, uning turlari, yuqiş yöllari, gigiyenaga rioya etiş muhim ekanligi va kasallikni oldini olişda eng samarali vosita emlaş ekanligini keng ommaga tarğib qilişdir.
2019 yil tadbirlar ötkaziş uçun plakatlar:














