Boş vazir Abdulla Aripov raisligida snos masalasida ötkazilgan yiğilişda Urganç şahri hokimi Şuhrat Abdullayev va şahar prokurori Davlatovga yöl qöygan xatolari uçun hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

26 iyul kuni Urganç şahri Aşxobod mahallasidan Çondirqiyot qişloği hududiga köçirib yuborilgan va dalada palatka va kapa qurib yaşayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholi vakillari Urganç-Xonqa yölini tösib qöyişgan, viloyat hokimi Farhod Ermanov voqea joyiga yetib kelib, aholi bilan muzokara ötkazgan va 10 avgustgaça kompensatsiya pullari töliq tölanişini va'da qilgandi.

Bugun, 27 iyul kuni boş vazir Abdulla Aripov prezident topşiriği bilan Urgançga yetib bordi va aholi bilan uçraşib, ularning muammolarini tingladi.

Milliy Bankning Urganç bölimi xodimlari tomonidan kompensatsiya pullari tarqatila boşlandi. Rejaga köra, şu bugunning özida 207ta xonadon egasiga kelişuv şartnomasida körsatilgan kompensatsiya pulining 50 foizi miqdorida, jami 21 milliard söm taqsimlab beriladi. 

10 avgustgaça esa barça xonadon egalari bilan 100 foiz hisob-kitob qilinişi rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, muqaddam Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan Şuhrat Abdullayev 2018 yilning dekabrida prezidentning viloyatga taşrifi vaqtida Urganç şahriga hokim etib tayinlangandi.