Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov Portugaliyaning «Nasonal» klubini tark etdi.
28 yoşli futbolçi Qatarning eng kuçli klublaridan biri «Qatar SK» bilan şartnoma imzoladi.

Özbekiston terma jamoasiga nomzod bölgan uşbu futbolçi yangi jamoasida 7-raqamli futbolkada töp suradi.
Qatarliklar klubi hozirda Ispaniyada yangi mavsumga tayyorgarlik körmoqda. Raşidov bugun Ispaniyaga uçadi va yiğinga qöşiladi.
Eslatib ötamiz, Sardor Raşidov 2015-2017 yillarda Qatarning yana bir klubi «Al-Jaiş» safida öynagan edi. 2017-2019 yillarda Toşkentning «Lokomotiv» klubi a'zosi bölgan futbolçi 2019 yil yanvarida Portugaliya çempionatiga yöl olgandi.
















