Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko davlat tomonidan ajratilgan qöriqçilardan voz keçdi va oilasi bilan Turkiyaga jönab ketdi, deb xabar berdi "Ukrainskaya pravda" naşri.
Naşrning xabariga köra, Poroşenko davlat qöriqçilaridan voz keçişi töğrisida ariza yozgan. Ammo qança vaqtga voz keçişi aytilmagan. Ukraina qonunçiligiga muvofiq, sobiq prezidentlarga bir umrga davlat tomonidan qöriqçilar ajratiladi.
Xabarda aytilişiça, Poroşenko avvalroq dam oliş uçun xorijga ketmoqçi ekanligini ma'lum qilgan.
2019 yil bahorida Ukrainada prezident saylovlari bölib ötdi. 20 may kuni saylovda ğalaba qozongan Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimi ötkazildi.












