Ukrainada uzurpatsiya (hokimiyatni noqonuniy egallaş) «bugungi kunda maqsad bölişi mumkin emas», dedi mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko Oliy Rada minbaridan turib.
«Prezident ofisining siz parlamentariylar ustidan çeksiz vakolati butun Ukraina uçun şarmandalik. Va biz zudlik bilan birlaşiş uçun hamma narsani qilişimiz kerak», dedi u.
Poroşenko bu haqda Oliy Radaga mamlakatda harbiy holatni uzaytiriş töğrisidagi qonun loyihasi kiritilganidan söng bayonot berdi. Bu rejim Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlarini ötkazişga imkon bermaydi. Ukrainada harbiy holat 2022 yilning 24 fevralida joriy qilingan va şundan beri har uç oyda uzaytirilmoqda.
Poroşenkoning qayd etişiça, harbiy holatning amal qiliş muddatini uzaytiriş töğrisidagi qonun loyihasi avvalgisining amal qiliş muddati (9 may) tugaşidan bir oy oldin Radaga kiritilgan.
«Parlamentdan buni 15-marta qöllab-quvvatlaş söralmoqda. Biz buni qiliş kerakligini aniq bilamiz, lekin nega tugaşiga bir oy qolganda? Men ta’kidlamoqçiman: biz oçiq-oydin tan olişimiz kerak, rasmiylar harbiy holatni suiiste’mol qila boşladi, undan nafaqat mamlakatni himoya qiliş, balki avtoritar tuzum quriş uçun ham foydalana boşladi», dedi Ukraina sobiq prezidenti.
2024 yil may oyida Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning rasmiy vakolat muddati tugadi. Prezidentlik saylovi 2024 yil mart oyida bölib ötişi kerak edi, biroq ötkazilmadi. Kiyev Zelenskiy Konstitutsiyaga köra, yangi davlat rahbari saylanmagunça öz lavozimida qolişini ma’lum qildi.
Oq uyga qaytgan Donald Tramp Ukrainada prezidentlik saylovini ötkazişga çaqirdi. Fevral örtalarida u Zelenskiyni ma’qullaş reytingi bor-yöği 4 foizni taşkil etganini ta’kidladi. Ukraina rahbari Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti ma’lumotlariga tayanib, Zelenskiyning işonç reytingi 57 foizni taşkil etadi va Tramp ma’lumotlari Rossiya dezinformatsiyasi ekanligini aytdi. Şundan söng AQŞ prezidenti Zelenskiyni «saylovsiz diktator» deb atagan edi.












